16:34 / 27.01.2025
5 740

Hafta davomida respublikamiz hududlariga sovuq havo massalari kirib keladi

Hafta davomida respublikamiz hududlariga sovuq havo massalari kirib keladi
29–31 yanvarda sovuq havo massalari Oʻzbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet agentligi.

Dushanba kuni Oʻzbekistonda quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda, havo harorati +7…+12 daraja boʻladi. Faqatgina respublikaning shimoliy hududlari sovuq antitsiklon ta'sirida boʻlib, harorat kunduzi 0…+5 darajadan oshmaydi.

Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat bugun +9…+11, ertaga kechasi 0…+2, kunduzi +6…+8 daraja boʻladi.

29–31 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0…–2, kunduzi 0…+2 daraja boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirish bilan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi.

28 yanvarda Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yogʻadi. Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi +5…+10, respublikaning shimoliy hududlarida –2…+3 daraja boʻladi.

Chorshanba-juma kunlari havo harorati kechasi 0…–5 darajagacha, shimoliy hududlar ba'zi joylarida –8 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayadi. Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, asosan qor shaklida yogʻadi. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirib 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston