“Fargʻona viloyatidagi oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:
▪️Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti;
▪️Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universiteti;
▪️Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filialini qoʻshib yuborish yoʻli bilan Fargʻona davlat universiteti.
2025-2026 oʻquv yilidan:
- mazkur universitetlarning malaka talablari va oʻquv dasturlari yuqori 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi;
- iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda oʻqitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi.
Fargʻona davlat texnika universitetida Ilgʻor muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.
Tugatilayotgan oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar