13:57 / 04.02.2025
56

BBC Travel Oʻzbekistonni 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritdi

BBC Travel Oʻzbekistonni 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritdi
Iordaniyaning ommabop Ammon News gazetasida "Oʻzbekiston 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kirdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Unda Oʻzbekiston BBC Travel global axborot portali talqiniga koʻra 2025 yilning eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritilgani ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston sayyohlarni jalb qilish uchun yangi mehmonxonalar qurish, temiryoʻl va havo qatnovlarini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda.

"Mazkur roʻyxat BMT Turizm" tashkiloti hamda Butunjahon turizm va sayohatlar kengashi kabi etakchi xalqaro sayyohlik tuzilmalari bilan hamkorlikda tuzilgan. Roʻyxatda AQSh, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Marokash, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar ham bor. Oʻzbekiston 16-oʻrinda qayd etildi", – deyiladi maqolada.

Ma'lum qilinganidek, 2025 yil kuz faslida Buxoroda birinchi xalqaro zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesi boʻlib oʻtadi.

Nashrda Oʻzbekistondagi muhim madaniy yangiliklar qatorida mashhur me'mor Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan Davlat san'at muzeyining yangi binosi qurilishi va Romanovlar saroyining rekonstruktsiya qilinishi alohida urgʻulangan.

"2024 yil may oyi holatiga koʻra, 90 dan ortiq mamlakat, jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Oʻzbekiston prezidenti mamlakatda "yashil" iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish maqsadida Global "yashil" turizm startaplari laboratoriyasini yaratish rejasini e'lon qildi. Qoʻshni davlatlar bilan chegaralarni kesib oʻtish ham osonlashdi", – deyiladi Ammon News gazetasida bosilgan maqolada.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston