
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-4 noyabr kunlari mamlakatimizda ob-havo keskin ravishda o‘zgarishini xabar qildi.
Respublikamiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 3 noyabr harorat keskin tushib, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, 4 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi.
Shamol sharqdan g‘arbga sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.
Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Mamlakatimiz shimolida harorat 5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Poytaxtimiz Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan g‘arbga shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechgi vaqtga qadar +2-+7 darajagacha tushadi.
4-5 noyabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab harorat kechasi +2 darajagacha tushishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda 1-2 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar