12:41 / 15.02.2025
2 812

Kelgusi hafta boshida yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?

Kelgusi hafta boshida yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda?
Oʻzgidromet 17-19 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha ma'lumotni taqdim etdi. Unga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 fevralda -1...-6, 18-19 fevralda -2...+3, kunduzi 17-18 fevralda +6...+11, 19 fevralda +5...+10 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +10...+15, 18 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +8...+13, 19 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 17 fevralda -1...-6, 18-19 fevralda -2...+3, kunduzi 17-18 fevralda +6...+11, 19 fevralda +5...+10 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 19 fevralda Samarqand viloyatida ba'zi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 17 fevralda +8...+13, 18-19 fevralda +10...+15 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 fevralda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi 17 fevralda +12...+17; 18-19 fevralda +10...+15 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 17 fevralda +6...+11; 18-19 fevralda +8...+13 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 18-19 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 fevralda kechasi -3...-8, kunduzi -3...+2, 18-19 fevralda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston