
Oʻzgidromet 24-26 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha ma'lumotni taqdim etdi. Unga koʻra:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 24-25 fevralda ba'zi joylarda qor yogʻadi, 26 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25 fevralda -3...-8, 26 fevralda -4...-9, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qor) boʻladi, 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10; 25 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5, 26 fevralda kechasi -2...-7, kunduzi -2...+3; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 24-25 fevralda -3...-8, 26 fevralda -4...-9, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi. 25 fevralda yomgʻir yogʻadi kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba'zi joylarda qor yogʻadi. 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba'zi joylarda 23-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +5...+10, kunduzi +12...+17, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13, 26 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi, 25 fevralda yomgʻir yogʻadi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba'zi joylarda qor yogʻadi, 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin . Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba'zi joylarda 23-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +5...+10, kunduzi +10...+15, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13, 26 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24-25 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 26 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26 fevralda 23-25 m/s gacha etishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +15...+20, 25 fevralda kechasi +2...+7, kunduzi +10...+15, 26 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 24 fevralda ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 24-26 fevralda yogʻingarchilik ayrim joylarda kuchli boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12, 25 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8, 26 fevralda kechasi va kunduzi 0...+5 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar