10:43 / 25.02.2025
746

2025 yil apreldan elektr narxi oshishi e'lon qilindi

2025 yil apreldan elektr narxi oshishi e'lon qilindi
"Hududiy elektr tarmoqlari" 2025 yil 1 apreldan elektr energiyasi uchun yangi narxlarni e'lon qildi.

Unga koʻra, bir xonadonga moʻljallangan 200 kilovattlik limit 600 soʻmdan etib belgilanadi. Hozirgi narx 450 soʻmni tashkil etadi.

Agar foydalanilgan miqdor 200 kilovattdan oshsa 1000 soʻmdan toʻlanadi (amaldagi narx 900 soʻm). Bir oydagi umumiy foydalanilgan elektr 10 ming kilovattdan oshsa kilovatiga 2000 soʻmdan toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, elektr va gaz narxlari oshishi oʻtgan yili oxirida ma'lum boʻlgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston