
"Yallama" chegara bojxona postida pnevmatik qurol va 500 dona o‘q yashirincha olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rasmiy kanali xabar berdi.
Qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga "Yallama" chegara bojxona posti orqali fuqaro boshqaruvidagi avtomobil belgilangan tartibda bojxona tekshiruvidan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijasida, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, shuningdek, ruxsat hujjatlari bo‘lmagan 2 dona "Hatsan" brendiga mansub 4,5 mm kalibrli pnevmatik miltiq va 500 dona o‘q borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma! O‘zbekiston Respublikasining "Qurol to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurollarini, shuningdek, ularning o‘q-dorilarini mamlakat hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish tegishli davlat organlarining ruxsati asosida amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar