17:00 / 03.03.2025
722

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishadi?

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishadi?
Foto: Shutterstock
O‘zbekistonliklarni mart oyida 3 ta ishlanmaydigan bayram kunlari kutib turibdi. Bular:

8 mart – Xalqaro xotin qizlar bayrami;
21 mart – Navro‘z;
31 mart (taxminiy) – Ramazon hayiti bayrami.

10 mart, dushanba – 5 kunlik ish haftasidagilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Chunki Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, agar bayram kunlari dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

8-mart — xotin-qizlar kuni shanba kunga to‘g‘ri kelgani uchun 5 kun ishlovchilarning bu dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.

Shunday qilib, 5 kunliklar uchun 8 martdan 10 martgacha 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi:

6 kunliklar uchun faqat 8 mart (shanba) dam olish kuni bo‘ladi, lekin 10 mart (dushanba) ish kuni hisoblanadi.

Bandlik vazirligining 2025 yil uchun ishlab chiqarishdagi ish vaqti taqvimiga ko‘ra, joriy yil mart oyida qo‘shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan.

Grafika: Bandlik vazirligi
Ma’lumot uchun, an’anaga aylangan har yilgi rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi hujjat 2025 yil uchun qabul qilinmadi.

Navro‘z yoki Hayit bayramini nishonlash to‘g‘risida tegishli hujjatlar bilan, mart oyidagi ish yoki dam olish kunlari o‘zgarishi ehtimoli yo‘q emas.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston