
O‘zbekistonda 13 noyabr, yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 13 noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati 0…+5 daraja, Toshkent shahrida +5…+7 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +3…+8 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12…+17 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +13…+18 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +14…+19 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +15…+20 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +18…+23 darajagacha iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar