21:34 / 12.03.2025
95

Parijda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Parijda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)
Bugun, 12 mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiyaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yetakchisini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyachilar O‘zbekiston prezidenti oldidan tantanali yurib o‘tdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya prezidentining qarorgohi — Yelisey saroyiga yo‘l oldi.








arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston