14:39 / 21.11.2016
9 415

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining virtual qabulxonasi ochildi

Joriy yilning 17 noyabr kuni fuqaro (iste’molchi)larning murojaatlarini qabul qilishni samarali tashkil etish va ularga qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Iste’molchilar tomonidan ariza, taklif va shikoyatlar Federasiyaning internet tarmog‘idagi rasmiy www.istemol.uz veb-sayti orqali elektron (onlayn) qabul qilinib, belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikka asosan ko‘rib chiqiladi.

Murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-sahifa yoki Federasiya tizimida yagona 1091 Ishonch telefoni orqali yo‘llash imkoniyati mavjud. Bu haqda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining matbuot va axborot bo‘limi ma’lum qildi, deb Uz24.uz yozmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining virtual qabulxonasi ochildi