Toshkentda kutilmaganda yoqqan qor va uning ketidan tushgan sovuq, aksariyat ko‘chalarning muz bilan qoplanishiga olib keldi.
Kun davomida ko‘chalarda toza bo‘lgan bo‘lsada, soat 4lar atrofida asfalt usti yupqa muz qatlami bilan qoplana boshladi. Ayniqsa kichik halqa yo‘lda avtomobillar harakati mushkullashdi.
Toshkentda qish, odatda, juda qisqa va qorsiz bo‘lgani tufayli aksariyat haydovchilar qishgi shina o‘rnatishmaydi. Lekin bir yilda bir ikki marta bo‘lib turadigan yaxmalak ko‘plab YTHlar sabachisi bo‘lishi mumkin.
Shahar ko‘chalarida umumiy harakat tezligi susayishi har bir svetofor oldida 30 minutlik yo‘l tiqinlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda.
Bu vaziyatdan taksi haydovchilari epchillik bilan foydalanib qolishga urinishmoqda. Taksi yo‘lkirasi haqi bugun 30-40 foizga oshgan.
Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, tunda havo yanada sovuqroq bo‘ladi va asfalt yo‘llar haqiqiy yaxmalakka aylanib qolishi hech gap emas. Ob-havo —2…-4 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Zamin.uz tahririyati hurmatli haydovchilardan, ayniqsa qishda avtomobil haydash tajribasi kam bo‘lgan haydovchilardan, o‘zingiz va boshqalar hayoti, mol-mulkiga ortiqcha xavf solmaslik uchun, shaxsiy avtomobildan imkon qadar kamroq foydalanishga chaqiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi