Shu haftada “Euronews” telekanali orqali “O‘zbekistondan maktublar” turkum dasturida Xiva shahri haqidagi ko‘rsatuv namoyish etildi. Ko‘rsatuvda Xivaning madaniyat va an’analari, yodgorliklari va bejirim qo‘g‘irchoqlariga alohida e’tibor qaratildi.
Muxbir Sheymus Kernining aytishicha, "Xivaga kelgan har qanday kishi bu qadimiy shaharning qadim ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan an’analari asosida yaratilgan hamda teatr tomoshalari orqali shahar hayotiga bezak berib kelayotgan qo‘g‘irchoqlarga bo‘lgan muhabbatini sezishi qiyin emas".
Xivada maxsus qo‘g‘irchoq teatri bo‘lib, mazkur teatr ko‘plab milliy va xalqaro festivallarda ishtirok etib kelmoqda.
Bunday tomoshalar mahalliy urf-odat va an’analarni yosh avlodga etkazishda yordam beradi. "Xorazmda qo‘g‘irchoq teatri paydo bo‘lishi 2 ming yildan ortiq tarixga ega va zardushtiylik davriga borib taqaladi. Teatrlashtirilgan qo‘g‘irchoq spektakllari nafaqat insonlarga xush kayfiyat baxsh etgan, balki diniy mazmunga ham ega bo‘lgan", deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi