
9 may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan bir-birini qutladilar.

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sur’atini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Gumanitar almashinuvlar, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalarida samarali bo‘layotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonRossiyaShavkat MirziyoyevVladimir PutinG‘alaba 80Iqtisodiyot Tarmoqlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar