
O‘zbekistonda 2030 yilgacha aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha muhim konsepsiya tasdiqlandi. Prezident qaroriga ko‘ra, mamlakatda atrof-muhitga nisbatan munosabatni tubdan yaxshilash va ekologik ongni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatda 2030 yilgacha quyidagi natijalarga erishish ko‘zda tutilgan:
- 3,3 million nafar maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish;
- 4,2 million nafar maktab o‘quvchilarida ekologik bilim va tarbiyani mustahkamlash.
Konsepsiya bosqichma-bosqich, 2027 yildan boshlab har ikki yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari” orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etilib, ularning ekologik savodxonligi oshiriladi.
Bu jarayonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi asosiy muvofiqlashtiruvchi organ sifatida belgilandi.
Zamin.uz tahririyati yangi tashabbusning hayotga qanday tatbiq etilishini kuzatib boradi. Siz bu qarorni qanday baholaysiz?
Ekologik MadaniyatAholi O‘rtasidaAtrof-MuhitMaktabgacha Ta’limEkologik BilimKonsepsiya TasdiqlandiVazirlar MahkamasiIqlim O‘zgarishiEkologiya Vazirligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar