13:33 / 25.11.2016
7 050

O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida «Robotlar jangi» musobaqasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida «Robotlar jangi» musobaqasi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida «Robotlar jangi» musoboqasi bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan MIT.uz tanlovi doirasida tashkil qilinmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Unda istalgan yosh va kasbdagi kishilar qatnashishi mumkin. Buning uchun robotwars.mit.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. «Robotlar jangi» qoidalari bilan ham mazkur sayt orqali tanishish mumkin.

Musoboqa 2016 yilning 12 dekabr kuni soat 10:00 da «Yoshlar ijod saroyi»da o‘tkaziladi. Taqdirlash marosimi ham 12 dekabrning o‘zida, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

«Robotlar jangi» musoboqasining har bir ishtirokchisiga tanlovda qatnashganlik haqida sertifikat taqdim etiladi. Bundan tashqari rag‘batlantiruvchi diplom va boshqa sovg‘alar quyidagi nominasiyalar bo‘yicha beriladi:
  • Eng yosh robototexnik;
  • Eng yaxshi jamoa;
  • Eng yaxshi texnologik robot;
  • Eng yaxshi dizayndagi robot.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida «Robotlar jangi» musobaqasi o‘tkaziladi