
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida achinarli voqea yuz berdi — 2 yoshli qizaloq bog‘cha hududidan nazoratsiz chiqib ketgani oqibatida, atrofdagi ariqqa tushib halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 20 may kuni ro‘y bergan. Vafot etgan qizchaning onasi ta’kidlashicha, bog‘cha ochilgach, atrofdagi ariqlarning xavfli ekani haqida ota-onalar tomonidan ogohlantirish berilgan. Biroq bog‘cha ma’muriyati bu borada zarur xavfsizlik choralari ko‘rilishini va’da qilgan.
“Har kuni odatdagidek qizimni bog‘chaga olib bordim. Kutilmaganda qaynog‘am kelib, qizingning ahvoli yomonlashganini aytdi. Yetib borgach, farzandim allaqachon jon bergan, tanasi muzlab qolgan edi. Uni daraxt soyasida adyolga o‘rab qo‘yishgan ekan. Men ularga ishonib bolamni topshirgan edim, bu qanday beparvolik?! Hozir esa bog‘cha faoliyati davom etmoqda. Ular albatta javobgarlikka tortilishi kerak,” — deydi qizchaning onasi.
Voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bog‘cha tarbiyachisining aytishicha, o‘sha kuni bolalarning yarmi dam olish uchun xona ichkarisiga kiritilgan, qolganlari esa hovlida qolgandi. Afsuski, nazoratsiz qolgan qizaloq tashqariga chiqib ketgan va yaqin atrofdagi ariqqa tushib ketgan.
Mutasaddi idoralar ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirishi kutilmoqda. Ota-onalar esa bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilishini talab qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar