date
views 106

Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdogarlari ushlandi

Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdogarlari ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi, DXX va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor chora-tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

Shu jarayonda fuqaro O.H. 10 dona “Zardeks” dori vositasini 750 ming so‘mga sotayotganida ushlanib, undan 88 dona dori vositalari dalil sifatida olindi.

Qo‘shimcha ravishda, davom etgan tadbirlarda O.H.ga dorilarni yetkazib bergan J.N. 55 dona va I.I. 500 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni jami 20,5 mln so‘mga sotgan vaqtda ushlandi.

Shuningdek, Departamentning Uzun tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligidagi boshqa tezkor tadbirda Q.E. va boshqalar fuqaro X.B.ga 26 dona “Zardeks” dorisini 2,5 mln so‘mga sotgan vaqtda ushlandi.

Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalariga oid qonun buzilishlari) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdogarlari ushlandi