
Misrdagi O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi delegatsiyaning Qohira shahridagi muhim uchrashuvlaridan biri Bell Energy kompaniyasi boshqaruvi raisi Haysam Husayn bilan muzokaralar bo‘ldi. Tomonlar Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuvda mintaqaning investitsiyaviy salohiyati, yangi xalqaro loyihalarga ochiqligi va sanoat hamda energetika sohalaridagi istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi. Bell Energy kompaniyasi va uning BAAdagi hamkorlari Qoraqalpog‘istonda o‘z loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirishdi.
Muzokaralar natijasida bir qator anglashuv memorandumlari imzolandi. Ushbu hujjatlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• neft mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan zamonaviy omborlar qurilishi;
• chiqindilarni qayta ishlash orqali ekologik toza energiya manbalari yaratish;
• bioetanol va aviatsiya yonilg‘isi yetishtirish uchun strategik ahamiyatga ega bambuk plantatsiyalarini tashkil etish;
• bolalar farovonligi va ta’lim sohasiga qaratilgan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish.
Tomonlar mazkur tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish uchun har bir loyihaning texnik parametrlari, moliyalashtirish mexanizmlari va amalga oshirish rejalarini aniq belgilash yuzasidan kelishuvga erishdi.
Bu muloqot nafaqat Qoraqalpog‘istonni strategik investorlar uchun yanada jozibador hududga aylantiradi, balki mintaqada ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Zamin.uz tahririyati bu hamkorlikni O‘zbekistonning yangi investitsion bosqichidagi muhim yutuqlardan biri sifatida baholaydi.
Foto: "Dunyo" AA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar