date
views 274

Toshkentda metrobus harakati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda metrobus harakati yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahrida 2025-yil 8-iyundan boshlab «Kipchak» va «Quruvchilar» metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobus yo‘nalishi ishga tushirildi, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Yo‘nalish Kipchak ko‘chasi bo‘ylab, vaqtincha yopilgan Halqa liniyasining bir qismi orqali o‘tadi. «Turon» metro bekatida oraliq to‘xtash nuqtasi mavjud bo‘lib, avtobuslar har 6–7 daqiqada harakatlanadi.

Metrobuslar har kuni 05:00 dan 23:00 gacha xizmat ko‘rsatadi va ularni 3TM mobil ilovasi orqali kuzatish mumkin. Ushbu qatnov «Texnopark» – «Kipchak» yerusti metro liniyasidagi rejali ta’mirlash ishlari sababli 3 oy davomida amalga oshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda metrobus harakati yo‘lga qo‘yildi