date
views 81

Xorazmda elektr tarmog‘iga zarar yetkazgan korxonaga katta jarima

Xorazmda elektr tarmog‘iga zarar yetkazgan korxonaga katta jarima
Xorazm viloyatida elektr energiyasidan samarasiz foydalangan holda faoliyat yuritayotgan korxona fosh etildi. "O‘zenergoinspeksiya"ning hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan rejali tekshiruv davomida Urganch tumanidagi "Urganch parranda invest" xususiy korxonasida jiddiy qoidabuzarlik aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, korxona reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, ya’ni elektr tarmog‘ida ortiqcha yuklama hosil qilib, energiyadan noo‘rin foydalangan. Bu holat, qonun talablarini buzgan holda, umumiy elektr tarmog‘ining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasiga muvofiq ravishda hisob-kitoblar olib borildi va natijada 41,7 million so‘mlik moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.

Ma’lumot o‘rnida: reaktiv quvvat kompensatsiyasini tashkil etish tartibini buzish yoki umuman bajarmaslik holatlari – normativlar asosida aniqlangan elektr energiyasi isrofining yarmi miqdorida jarimaga olib keladi. Bu esa nafaqat moliyaviy yo‘qotish, balki tarmoqdagi boshqa korxonalar va aholi uchun ham xavf tug‘dirishi mumkin.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bu kabi qoidabuzarliklar elektr ta’minoti tizimida noqulayliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, tadbirkorlik subyektlaridan elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan texnik va huquqiy talablarga qat’iy rioya etish so‘ralmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorazmda elektr tarmog‘iga zarar yetkazgan korxonaga katta jarima