date
views 16 072

12 iyun ob-havosi: yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlar e’lon qilindi

12 iyun ob-havosi: yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlar e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasida 12 iyun kuniga mo‘ljallangan ob-havo sharoiti “O‘zgidromet” tomonidan e’lon qilindi. Mamlakat bo‘ylab ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq va chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi kutilmoqda. Ish haftasining davomida nam havo massalari sirkulyatsiyasi saqlanishi va sel xavfi 16 iyungacha uzaytirilishi bildirildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli va vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zi vaqtlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat tungi paytda 21–23°, kunduzi 33–35° daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, lekin quruq va iliq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Changli shamol ehtimoli mavjud. Kechasi 17–22°, kunduzi 32–37° daraja.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham shunga o‘xshash havo saqlanadi. Namlik darajasi past bo‘lib, shamol tezligi ayrim joylarda yuqori bo‘lishi mumkin. Harorat: kechasi 20–25°, kunduzi 32–37°.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli mavjud. Harorat tungi paytda 18–23°, kunduzi 30–35° daraja.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida quroq va iliq ob-havo saqlanadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20–25°, kunduzi 33–38° darajagacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi ob-havo prognoziga ko‘ra, kunduz yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat tungi 18–23°, kunduzi 30–35° daraja.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va sel-suv toshqinlarining yuzaga kelishi xavfi saqlanmoqda. Shamol kuchayishi va momaqaldiroq ehtimoli bor. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 23–28° daraja.

Tavsiya: aholiga quyosh nurlaridan himoyalanish, momaqaldiroq paytida baland joylardan uzoqlashish va tog‘li hududlarda ehtiyotkorlikni kuchaytirish tavsiya etiladi. Sel xavfi saqlanadigan hududlarda o‘z yo‘nalishingizni rejalashtirishda ob-havo ma’lumotlarini inobatga oling.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 12 iyun ob-havosi: yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan hududlar e’lon qilindi