O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarini yanada takomillashtirish borasida navbatdagi qadam tashlandi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 21 noyabrda Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukusdagi filiallarini qayta tashkil etishga doir qaror qabul qildi. Qaror matni Lex.uz saytida e’lon qilingan.
Ular o‘rniga Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari, shuningdek, Toshkent pediatriya institutining Nukus filialida stomatologiya fakultetlari ochiladi.
Qarorda ta’kidlanishicha, hujjat stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, stomatolog-mutaxassislarni nazariy tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan.
Endilikda, to‘rtta filialda tahsil olayotgan talabalar ta’lim shakli saqlangan holda yangi fakultetlarda o‘qishni davom ettirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti 2014 yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti negizida tashkil etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar