
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan tvitter va feysbukda 2017 yilda Toshkent shahrining «O‘qchi Olmazor» massivida qurilishi boshlanadigan «Toshkent Siti» biznes markazi loyihasi maketi surati paydo bo‘ldi.
Tarmoqlar foydalanuvchilari bu maketga o‘z baholarini berib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanishi haqida ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar