
O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati va davlat mulkini sotish jarayonlariga oid muhim yangilik e’lon qilindi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori buyrug‘iga asosan “Ko‘chmas mulk obyektlarining va ularga bo‘lgan huquqlar savdosini tashkil qilish” milliy standartiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur yangiliklar “Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘chmas mulklarni sotishda shaffoflik, raqobat va elektron auksionlardan foydalanishni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
E’tiborga molik o‘zgarishlar quyidagilardan iborat:
🔹 Savdolar tashkilotchisi sifatida endilikda mulk egasi, mulkiy huquq sohibi yoki maxsus tashkilotlar chiqishi mumkin. Bunday tashkilotlar shartnoma asosida harakat qiladi va ular nomidan yoki o‘z nomidan savdoda qatnashishi mumkin.
🔹 Ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan korxonalarga tegishli ko‘chmas mulklarni sotish endi faqat E-auksion platformasi orqali elektron auksion shaklida amalga oshiriladi. Biroq, bu mol-mulk auksionda sotilmagan holda, qarzdorlikni qoplash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri bozor bahosida sotilishi mumkin.
🔹 Agar auksion yoki tanlov qonun talablariga zid o‘tkazilgan bo‘lsa, manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilib uni haqiqiy emas deb topish huquqiga ega. Bu holat g‘olib bilan tuzilgan shartnoma ham bekor qilinishiga olib keladi.
Mazkur qoidalar 2025 yil 10 iyundan boshlab kuchga kirdi va qonun hujjatlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi.
Bu yangiliklar davlat mol-mulkini realizatsiya qilish jarayonini yanada ochiq va samarali qilishni ko‘zda tutadi. Xususan, elektron auksionlar orqali sotish yo‘nalishi bilan korrupsiya xavfini kamaytirish, oddiy tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsad qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar