15:48 / 29.11.2016
6 923

Toshkentda Taraqqiyot ko‘chasidan Hamid Olimjon maydoniga kirish yo‘li ochildi

Toshkentda Taraqqiyot ko‘chasidan Hamid Olimjon maydoniga kirish yo‘li ochildi

Toshkent shahrida Taraqqiyot ko‘chasidan Hamid Olimjon maydoniga kirish yo‘li ochildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Hamid Olimjon maydoniga kirish yo‘lidagi beton bloklar hamda to‘g‘riga harakatlanishni bildirib turuvchi yo‘l belgisi olib tashlandi. Yangi yo‘l belgilari o‘rnatilmagani sababli aksariyat haydovchilar yo‘l ochilganini payqamagan.

Avvalroq Oqsaroy qarorgohi yonidan o‘tgan Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov va Beshyog‘och ko‘chalari oralig‘idagi qismi transport harakati uchun ochilgani haqida xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda Taraqqiyot ko‘chasidan Hamid Olimjon maydoniga kirish yo‘li ochildi