8 205
Saylov kuni Toshkentda jamoat transporti bepul. «Toshshahartransxizmat» esa bundan bexabar
O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya’ni, 4 dekabr sanasida Toshkent metropolitenidan va boshqa turdagi jamoat transportidan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Joriy yilning 4 dekabr kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ahamiyat kasb etuvchi sanadir. Shu kuni davlatimiz Konstitusiyasiga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlarida ishtirok etadilar, o‘zlari ma’qul deb bilgan nomzod uchun ovoz beradilar.
Toshkent shahrida saylovlarning yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishi, saylovchilar hamda tadbir tashkilotchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00dan boshlanishi va kun davomida yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilamiz.
Barchani o‘z konstitusiyaviy huquqidan foydalanib, yurt kelajagi uchun ovoz berishga chaqiramiz!» , — deyilgan xabar matnida.
Ayni vaqtda metroda va avtobuslarda yo‘lovchilarga 4 dekabr kuni jamoat transportlari bepul bo‘lishi haqida ma’lum qilinmoqda.
«Kun.uz» tahririyati bu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ xodimi bilan bog‘langanida, tashkilotda bunday ma’lumot yo‘qligi bildirildi.
Ayni vaqtda tashkilot saytida ham bu haqda xabar berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar