22:51 / 30.11.2016
7 153

Saylov: to‘nkalarga tepasiga kim chiqib olishining farqi yo‘q

Saylov: to‘nkalarga tepasiga kim chiqib olishining farqi yo‘q

Internetning o‘zbek tilida ijod qiluvchi eng mashhur bloggerlaridan biri Sanjar Said saylovga befarq bo‘lganlarni jiddiy tanqid qildi. Bloggerning biroz haqoratli tanqidi quyidagicha:
«4 dekabr kuni Prezidentni saylashga borasizmi? Men albatta boraman! Orzu-istaklarim, reja-maqsadlarim ushalishi, oilam, yaqinlarim uchun ham saylovda qatnashaman. Sizga ham shuni tavsiya qilaman.
“Qatnashsam-qatnashmasam hech nima o‘zgarmaydi”, degan fikrlarni kallangizdan chiqarib tashlang! Nolishni, tanqid qilishni, maslahat berishni, birovlarning ustidan kulishni qotiramiz. Endi oldimizda tayyor turgan huquqlarimizdan foydalanishni ham bilaylik!
Bizni kim va qanday boshqarishi ahamiyatsiz bo‘lsa, befarq, loqayd turaversak, duch kelgan odam ustimizga kelib, xohlagan siyosatini yuritaveradi.
Siz shunga rozimisiz? Agar “ha” deb javob bersangiz yoki nima deyishni bilmasangiz, uzrkuya, sizning to‘nkadan farqingiz yo‘q! Ammo to‘nkalarning bir ustunlik tomoni bor: ular na tanlash, na saylash imkoniyatiga ega. Aks holda ular albatta imkoniyatlaridan foydalangan bo‘lar edi.

PS: To‘nkalarga tepasiga kim chiqib olishining farqi yo‘q.»

Sanjar Said

Tahririyatdan: saylovda qatnashish yoki qatnashmaslik har kimning o‘z huquqi. Biz saylovda faol qatnashganlarni qo‘llab-quvatlaymiz. Qatnashmagan fuqarolarni haqorat qilishdan yiroqmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saylov: to‘nkalarga tepasiga kim chiqib olishining farqi yo‘q