Toshkent shahri haydovchilari O‘zbekiston hukumati rahbariyatidan poytaxt ko‘chalaridagi harakatlanish qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida yangi petisiyani e’lon qilishdi. Facebook tarmog‘ining «Voditeli Tashkenta» ijtimoiy guruhi ushbu petisiya matnini joylashtirdi, deb yozadi Kun nashri.
«Hurmatli, Shavkat Miromonovich, barcha o‘zbekistonliklar nomidan O‘zbekistondagi yo‘l harakati qatnashchilariga qulay sharoitlar barpo qilish, aniqrog‘i, yo‘llardagi, ayniqsa tartibga solinmaydigan chorrahalar hamda qayrilib olish joylarida ikki tomonlama harakatlanish chog‘ida haydovchilar, yo‘lovchilar uchun yo‘l kengligi bo‘ylab ko‘rinishni yaxshilashda yordam berishingizni so‘rayman», — deyiladi petisiyada.
Gap qarama-qarshi transport vositalari oqimlarini ajratib turuvchi to‘siqlar haqida bormoqda. U o‘zining konstruksiyasi bilan qatnov qismini haydovchi va yo‘lovchi tomonidan to‘liq nazorat qilishga imkon bermaydi. Buning oqibatida, ko‘plab YTH yuz bermoqda. Bularning aksariyatiga haydovchilarning to‘siq narigi tomonidan kelayotgan yo‘lovchilarni so‘nggi lahzada ko‘rib qolishi yoki qayrilayotgan avtomobil qarshi yo‘nalishda kelayotgan transport vositasini oldinroq ilg‘ay olmayotgani sabab bo‘lmoqda.
«Muhimi shuki, yo‘lni ko‘rish har joyda yaxshi bo‘lishi kerak, qatnovning ikki tomoni va har bir ishtirokchi uchun», — deb yozgan petisiya muallifi Artyom Malikov. Uning o‘zi bu muammoni hal etish uchun yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni to‘liq yoki qisman olib tashlashni taklif qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar