
Prezident tomonidan "Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.
Farmonga ko‘ra 2027 yil 1 yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini raqamlashtirish hisobiga tugatiladi. Bunda G‘aznachilik qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalarida 1-3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi.
2026 yil 1 dekabrdan boshlab pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:
- fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarga asosan pensiya miqdorini oldindan aniqlash bo‘yicha "Mening pensiyam" onlayn xizmati joriy etiladi;
- pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.
2025 yil 1 oktyabrgacha fuqarolarning pensiya to‘lovlariga undirish qo‘llanishidan oldin ularni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar