
Oliy ta’lim muassasalariga kirishni niyat qilgan abituriyentlar uchun muhim bosqich — test sinovlari oldidan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi rasmiy sayti my.uzbmb.uz orqali ma’lum qildi.
Har bir abituriyent shaxsiy kabinetga kirib, qayd varag‘i sahifasidagi maxsus tugma orqali o‘z ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin. Shu bilan birga, shaxsiy kabinetga kirmasdan, my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali ham pasport seriyasi, raqami va JSHSHIR (shaxsiy identifikatsiya raqami)ni kiritib, ruxsatnomani olish imkoniyati mavjud.
Test sinovida ishtirok etish uchun har bir abituriyent o‘z vaqtida kelishi shart. Ulardan pasport (ID-karta) va rasmiy “Abituriyent ruxsatnomasi” talab qilinadi. Pasport nusxasi, boshqa hujjatlar yoki kechikib kelish — testga kirish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.
E’tibor bering: hujjatlarni rasmiy manbalar orqali o‘z vaqtida yuklab oling va tayyorgarlikni so‘nggi kunga qoldirmang. Kirish imtihoni — kelajak kaliti. Unga jiddiy yondashing! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar