Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmoqda. “Elections.uz” press-klubiga bugun san’atkorlar tashrif buyurib, jurnalistlar bilan bugungi jarayon haqida o‘z taasurotlari va fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashishmoqda.
Darakchi.uz nashri O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni suxbatga chorladi.
–Ozod aka, kayfiyatlaringiz qanday?
– Kayfiyatim a’lo. To‘g‘risini aytsam bugun hayajondan uxlamadim desam ham bo‘ladi. Bugun butun O‘zbekiston uchun hayajonli, tarixda qoladigan, Vatanimiz taqdirini hal qiladigan kun. Shu sababdan bir tomondan mas’uliyat, ikkinchi tomondan bayramona kayfiyat.
Quvonarlisi shundaki, saylov uchastkalarida bugungi siyosiy jarayonnin xalqimiz muhim deb bilib, yoshu-qari birdek o‘z huquqidan foydalangan holda o‘zining va Vatanining taqdiriga, kelajagiga befarq bo‘lmayotganligi, bu esa 25 yil ichida xalqimizning siyosiy saviyasi yuksalganidan dalolat. Bu Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich aytganlaridek, “Biz bugun kechagi odamlar emasmiz” degani. O‘zini haq-huquqini taniydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan xalq bo‘lganimizdan yana bir dalolat. Bugun yana bir bor xalqimiz yakdillik bilan yashayotganiga guvoh bo‘ldim. Buni nafaqat biz, balki tashqaridan kelgan mehmonlar butun dunyodan kelgan jurnalistlar va kuzatuvchilar e’tirof etishyapti. Umuman bugungi saylov tashkilotchiligi ham biz eng rivojlangan davlatlar qatorida ekanligimizdan dalolat. Bugun ushbu press-klubda jurnalistlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor tarzda ravishda faoliyat olib borayotgani demokratiya yo‘lida qo‘yilgan samarali qadamlarimizning yana bir isboti bo‘lyapti.
Bugun ertalab saylovga tayyorlanib, choy ichib tursak 10 yoshli qizim mening ham tanlagan odamim bor, men ham saylovga boraman, ovoz beraman, deb harhasha qildi. Bu nimdaan dalolat, bu bolalarimiz ham bugungi siyosiy jarayonga befarq emasligidan dalolat.
Ertalab soat 7 da saylov uchastkamga bordim, hammaning yuzida bayramona kayfiyat. Tashqi ko‘rinishlari ham bayramona. Oilaning har bir a’zosi o‘z kelajagi uchun o‘z huquqidan foydalanib, o‘zi tanlagan insonga ovoz beryapti. Fursatdan foydalanib, hali ovoz berishga ulgurmagan yurtdoshlarimni bugungi muhim voqeada bevosita o‘zi ishtirokchi bo‘lishiga va o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berishga chaqirmoqchiman.”
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar