
O‘zbekiston qonunchilik tizimida yo‘l infratuzilmasini yanada zamonaviylashtirishga qaratilgan muhim qadam tashlandi, deb xabar berdi Oliy majlis qonunchilik palatasi. Qonunchilik palatasi majlisida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Yangi qonun loyihasida “avtomobil yo‘llarini rejalashtirish” mexanizmi joriy etilib, yo‘l infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning o‘sish sur’atiga mos ravishda rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Loyihalashtirish jarayonida aholi fikri va atrof-muhitga ta’sir masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, piyodalar uchun to‘siqsiz muhit yaratish va yo‘llarning barqarorligini ta’minlash maqsadida yangi talablar belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, kommunikatsiya tarmoqlarini qurishda yo‘llarning avvalgi holatini tiklash xarajatlari qoplanadi. Yo‘llarda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish, xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish bo‘yicha aniq talablar joriy etiladi.
Loyihaning yana bir ahamiyatli jihati — pulli yo‘llar tarmog‘ini tashkil etish va bu yo‘nalishda investorlarga imtiyozlar taqdim etish bilan bog‘liq. Shu orqali, yangi yo‘llar qurilishiga va mavjud tarmoqni soz holda saqlashga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga imkoniyat yaratiladi.
Ekspertlar fikricha, ushbu qonun loyihasi sohada davlat boshqaruvini takomillashtirish, yo‘l sifatini yaxshilash va transport infratuzilmasini uzoq muddat samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar