O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

1 daqiqa o'qish302
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston va Eritreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Bu haqda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 11 iyul kuni O‘zbekiston va Eritreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangan.

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov hamda Eritreyaning BMTdagi doimiy vakili Sofiya Tesfamariam imzolagan.

Ma’lumot uchun, Eritreya Afrika qit’asining shimoli-sharqida, Qizil dengiz bo‘yida joylashgan davlat bo‘lib, Sudan, Efiopiya va Jibuti bilan chegaradosh.

Ushbu mamlakat O‘zbekiston rasmiy davlatlararo munosabatlar o‘rnatgan 161-davlat bo‘ldi. G‘arbiy Afrika mamlakati — Kot-d'Ivuar O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 160-davlat bo‘lgandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?