date

16 iyul: Shamolli, quruq va qisman yomg‘irli kun

16 iyul: Shamolli, quruq va qisman yomg‘irli kun
O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida 16 iyul kuni havo harorati yuqori bo‘ladi, ayrim joylarda shamol tezligi ortishi va qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi joriy kun uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida- havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Tun va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilish ehtimoli bor. Sharqdan sekundiga 3–8 m tezlikda shamol bo‘ladi, ba’zi joylarda uning kuchi 10–13 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat tungi payt 20–22°, kunduzi 33–35° daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda- ob-havo asosan quruq va o‘zgaruvchan. Sharqdan sekundiga 7–12 m tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda u 13–18 m/s gacha kuchayishi, hatto chang-to‘zonlar bilan ham kechishi mumkin. Tungi harorat 18–23°, kunduzi 33–38° daraja.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida- havo biroz bulutli, yomg‘ir kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda, lekin ayrim joylarda 18–23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Tungi harorat 18–23°, kunduzgi harorat 33–38° daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent viloyatida- ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Tungi harorat 18–23°, kunduzi 32–37°.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida- havo quruq, lekin o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Shamol ayrim joylarda 18–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat tungi 18–23°, kunduzi 32–37° daraja.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida- ham havo biroz bulutli, lekin yomg‘ir yog‘maydi. Shamol 7–12 m/s, lekin ba’zi hududlarda 23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat tungi 20–25°, kunduzi 34–39°.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida- ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tungi harorat 19–24°, kunduzgi 30–35° daraja.

Tog‘li hududlarda- qisman yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamolning kuchayishi 13–18 m/s gacha yetishi mumkin. Tungi harorat 10–15°, kunduzi 23–28° daraja atrofida bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 16 iyul: Shamolli, quruq va qisman yomg‘irli kun