date

Oliy ta’limga kirish: 10-kun test natijalari e’lon qilindi

Oliy ta’limga kirish: 10-kun test natijalari e’lon qilindi

2025-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan test sinovlarining navbatdagi — o‘ninchi kun natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi rasmiy manbalari orqali xabar berildi.

Abituriyentlar o‘z test natijalarini quyidagi 4 ta usulda bilishlari mumkin:

1. my.uzbmb.uz portali orqali
  “Natijani olish” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali.

2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali
    Qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan ID raqami orqali.

 3. Telegram-botlar orqali
       •   @bmba_natija_bot
       •   @bmba_natija_1bot
       •   @bmba_natija_2bot

     ID raqamni yuborish kifoya.

 4. SMS xabarnoma orqali (5100 raqam)
     ID raqamni 5100 raqamiga SMS tarzida yuborish orqali natijani olish mumkin.
     Eslatma: xizmat pullik bo‘lib, javob xabari faqat yuborilgan raqamga qaytariladi.

Eslatma: Test natijalari bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda. Yakuniy natijalar test marafoni tugagach rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliy ta’limga kirish: 10-kun test natijalari e’lon qilindi