16:16 / 08.12.2016
26 992

7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 7 xabar

7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 7 xabar

1. Valyuta islohotlari

Tasavvur qiling, endi chet elga chiqmoqchi bo‘lsangiz, 10 ming dollar valyutani olib chiqishingiz, 2 ming dollargacha bo‘lgan valyutani esa, hatto, deklarasiyada ko‘rsatib o‘tmasligingiz mumkin… Davlat portalida valyuta sohasini erkinlashtirish haqidagi qonun loyihasida xuddi ana shu haqda gap boradi. Nima ham derdik, bu o‘zbek jamoatchiligini behad xursand qilib yuborgan xabarlardan biri bo‘ldi…

2. Atambaev O‘zbekistonni GES qurishga chaqirdi

Kim aytdi O‘zbekiston suv tanqisligi muammosi qarshisida, deb? Mana, Qirg‘iziston aynan o‘z qo‘shnisi uchun atay GES qurayotganini e’lon qildi. "Biz bugun Yuqori-Norin kaskadi va Qambarota-1" bo‘yicha ishlashimiz kerak. Agar O‘zbekiston ushbu qurilishning ta’sischilaridan biri bo‘lsa, ayni muddao bo‘lardi. Axir bu GES O‘zbekiston ehtiyojlari uchun qurilmoqda" deya bayonot qildi Atambaev. Aytgancha, u rasmiy Bishkek bundan buyog‘iga faqat o‘z harbiy kuchlariga tayanishini va, shu bois, Rossiya harbiy bazalari mamlakatdan chiqarib yuborilishini ham qo‘shimcha qildi. Xullas, birgina o‘zbeklar hayratda qolgani yo‘q…

3. Arzon uylarning narxi 85 mln so‘mdan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mazkur yo‘nalishdagi ishlar keng ko‘lamda davom ettirilib, qishloq aholisining turmush sharoitini yanada yaxshilashga e’tibor qaratilmoqda.

4. Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasi

O‘zbekistonda muddatidan oldin o‘tkazilgan prezident saylovlari dunyo hamjamiyati e’tiborida bo‘ldi: saylov jarayonini 600ga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kuzatdi. Ularning aksariyati "bu saylovlardan o‘rganadigan narsamiz ko‘p bo‘ldi", deya e’tirof etdi. O‘zbekiston fuqarolari Shavkat Mirziyoyevning ishonchli g‘alabasi bilan birga yangi prezident tomonidan so‘zlangan birinchi nutqni ham gulduros qarsaklar bilan qarshi olishdi. O‘zbekiston katta o‘zgarishlar ostonasida!

5. O‘zbekiston 27 davlat uchun viza tartibini bekor qildi

O‘zbekiston bir emas, ikki emas, balki 27 davlatga viza tartibini bekor qilgani olamshumul yangilik bo‘ldi. Faqat tojikistonliklar ro‘yxatdan o‘zlarini topa olmay bir oz kalovlanib qolishganini aytmasak, hamda 50 dollarlik to‘lov ham ayrimlarga bir oz ko‘pdek tuyulganini inobatga olmasak, hammasi risoladagidek. Ammo tarixiy obidalarimizga bir qur nazar tashlashni xohlaydiganlar uchun bu to‘lov og‘irlik qilmaydi, degan umiddamiz.

6. Shavkat Mirziyoyev saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan birga keldi

Shavkat Mirziyoyev saylov uchastkasiga oila a’zolaridan 8 nafari hamrohligida kelgan.

O‘zbekiston tarixida, prezidentlikka nomzod saylov jarayonida barcha oila a’zolari bilan qatnashmagan edi. Ko‘plab o‘zbekistonliklar hayratlanganligini yashirib o‘tirmadi...

7. O‘zbekistonda yangi - 2017 yilning nomi e’lon qilindi


Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi. Tabdirda respublikamiz rahbari kirib kelayotgan yangi – 2017 yilni mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etgan.

Eslatib o‘tamiz 1997-yil ham shunga o‘xshash "Inson manfaatlari yili" deb nomlangan edi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 7 xabar