O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida kelasi yildan boshlab barcha rahbarlar xalq oldida hisobot berishlarini ma’lum qildi.
"Biz aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish haqida o‘ylayapmiz. Xususan, 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mirziyoyevning fikricha, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni o‘rganib, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyati, deputatlar va senatorlarga taklif bilan murojaat qildi.
"Har qaysi viloyatdan, masalan, Surxondaryodan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda, aytaylik, Muzrabot tumanida bo‘lib, o‘zlari saylangan hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi va tegishli xulosa berishi maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Ma’lumki, hozirgi kunda Oliy Majlisimiz Senati tomonidan har yili Bosh prokuraturaning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi, masalan, uzoq Olot tumanida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar bo‘limlarining hisobotini kim eshitadi?
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Birinchi Prezidentimiz joriy etgan tizim asosida hurmatli Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi joylarga chiqqanlarida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlaridan ular o‘z zimmasidagi vazifalarni qay darajada ijro etayotganiga, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni, ularning murojaatlarini qanday hal qilayotganiga alohida e’tibor qaratishlari lozim", dedi Shavkat Miromonovich.
Mirziyoyev o‘tkazilgan barcha o‘rganishlar natijalarini umumlashtirib, har yili bir marta ichki ishlar vazirining eng avvalo profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini Senatda eshitish amaliyotini joriy etish taklifini o‘rtaga tashladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi