Namangandagi yerto‘lalardan 400 dan ortiq bedarak yo‘qolgan bolalar topildi


Qo‘qon shahri, Chust, Pop, Andijon va Guliston tumanidan bo‘lgan 13-14 yashar bedarak yo‘qolgan bolalar Namangandagi qurilishi bitmagan uy yerto‘lasida yashab yurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ular bu yerda 6-7 oy davomida yashab kelishgan.
Namangan viloyati IIB kapitani D. Xudoyberdievning aytishicha, so‘nggi paytlarda boshqa viloyatlardan kelib qolgan voyaga yetmaganlar ko‘paygan, ular tilanchilik va o‘g‘rilik bilan shug‘ullanib, tunlari yerto‘la va xiyobonlardan panoh topmoqda.
Joriy yil davomida birgina Namangan shahridagi yerto‘lalardan 400 nafardan ortiq kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismini voyaga yetmagan bolalar tashkil etadi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…