date

O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasida havo qatnovi bitimi tasdiqlandi

O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasida havo qatnovi bitimi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi muhim qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnoviga oid kelishuv rasman tasdiqlandi.

Mazkur xalqaro bitim 2024 yil 22 oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida imzolangan bo‘lib, u ikki mamlakat o‘rtasidagi aviatsiya sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Kelishuv havo qatnovi sohasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, reyslar geografiyasini kengaytirish va yo‘lovchi hamda yuk tashish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident qaroriga muvofiq, mazkur shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli idora sifatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi belgilab berildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning barcha shart va talablarining amaliy ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazoratni ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bu kabi xalqaro kelishuvlar O‘zbekistonning transport-logistika salohiyatini oshirish bilan birga, mamlakatning xalqaro maydondagi pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Saudiya o‘rtasida havo qatnovi bitimi tasdiqlandi