Uzmobile GSM abonentlariga qanday raqamlar berilishi ma’lum bo‘ldi

Uzmobile GSM abonentlariga qanday raqamlar berilishi ma’lum bo‘ldi
Uzmobile GSM abonentlariga qanday raqamlar berilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Uzmobile GSM mobil aloqa milliy operatori abonentlariga beriladigan kodlar ma’lum bo‘ldi, deb yozadi «Mobinfo.uz».

Nashr manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri abonentlari +998 99 803xxxx, 804xxxx, Toshkent viloyatidagi abonentlar esa +998 99 402xxxx, 403xxxx formatidagi raqamlarga ega bo‘ladi.

Nashrning eslatishicha, Uzmobile GSM tarmog‘i 10 aprel, juma kuni tantanali tarzda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.daryo.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar