14:28 / 12.12.2016
7 968

Shavkat Mirziyoyev mansabdorlar apparatini qisqartirmoqchi va qayta qurmoqchi

Shavkat Mirziyoyev mansabdorlar apparatini qisqartirmoqchi va qayta qurmoqchi

O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tayyorlashga buyruq berdi. Bu haqda "Sof.uz" yozmoqda.

“Mazkur konsepsiyaga muvofiq davlat boshqaruvi organlari vakolatlari, vazifalari va strukturasini maqbullashtirish, ularga tegishli bo‘lmagan, funksiyalarini takrorlovchi va umumiy xodimlar miqdorini qisqartirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlatning ahamiyatini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi”, dedi O‘zbekiston Prezidenti

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasining ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, qabul qilingan qaror, farmon va qonunlarning samarali amal qilinishiga alohida diqqat qaratiladi.

Bundan tashqari Shavkat Mirziyoyev davlat xizmati institutining isloh qilinishi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va moddiy ta’minotini tubdan yaxshilash, davlat xizmatiga yangicha fikrlovchi, mas’uliyatni his etadigan, tashabbuskor, Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni jalb etish masalasini ham qayd etib o‘tdi.

Bu masalalarning barchasi yaqinda ishlab chiqiladigan “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z aksini topadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev mansabdorlar apparatini qisqartirmoqchi va qayta qurmoqchi