O‘zbekistonda kutiladigan o‘n kunlik ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, joriy haftaning ikkinchi yarmida respublikada harorat pasaya boshlaydi.
Respublika shimolida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 avgustda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 18-23°, 14-20 avgustda 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 19-24°, 16-20 avgustda 17-22°, kunduzi 13-14 avgustda 34-39°, 15-20 avgustda 32-37° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzaxda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-15 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, 16-20 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-16 avgustda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 13-15 avgustda kechasi 21-26°, kunduzi 36-41°, 16-20 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 avgustda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39°, 14-15 avgustda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, 16-20 avgustda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
O‘zbekistonda havo qachon salqinlashishi ma’lum bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar