
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni Istanbul shahrida yuz bergan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev maktubida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbulda «Beshiktosh» futbol klubi stadioni yaqinida yuz bergan qo‘sh terakt qurbonlari soni 39 kishiga etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar