Turizm bo‘yicha Buyuk britaniyalik aksariyat ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakat bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bunga 2017 yil aprelidan xorijlik turistlar uchun viza rejimining bekor qilinishi turtki bo‘ladi.
Angliya OAVlarining yozishicha, O‘zbekiston ko‘p sonli masjidlari, minora va madrasalari bilan boy tarix va madaniyatga ega bo‘lib, ular bilan tanishish uchun qulay fursat etib keldi.
"Endi viza olishdek uzoq va qimmat jarayon o‘rniga mamlakatga kelgandan keyin 50 dollar to‘lash kifoya bo‘ladi" — deydi Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Kris Ellis.
Uning aytishicha, O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar va beqiyos arxitekturaga ega bo‘lgan mamlakatdir.
"Eng asosiysi, bu erning xalqi mehmondo‘st, mehmon kelsa hamisha xursand bo‘lishadi va g‘arb sivilizasiyasi chang solmagan aholi maskanlariga ega", — deydi Ellis.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yaqinda 27 davlat fuqarolari uchun viza tartibi bekor qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi