O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi 16-avgust, shanba kuni uchun ob-havo prognozi bilan o‘rtoqlashdi. Meteorologlar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning katta qismida kun biroz bulutli bo‘lib, asosiy xavf – kuchli shamol va ayrim hududlarda changli-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahri
Poytaxtda osmon ancha ravshan va faqat biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi, ayrim paytlarda u sekundiga 10–12 metrgacha kuchayib, changli-to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19–21 daraja iliq, kunduzi esa 33–35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bu hududda osmon o‘zgaruvchan, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esgan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbiydan sekundiga 7–12 metr tezlikda uradi. Ba’zi joylarda shamolning kuchi sekundiga 13–18 metrgacha yetib, changli-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoldan holi emas. Kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq.
Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esgan shamol shimoli-g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, sekundiga 7–12 metr tezlikda bo‘ladi, ayrim joylarda sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 27–32 daraja issiq.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Osmon biroz bulutli, yomg‘ir ehtimoli yo‘q. Sharqdan esgan shamol shimoli-g‘arbiy tomonga burilib, sekundiga 7–12 metr tezlikda, ayrim paytlarda 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda u sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Osmon biroz bulutli, yog‘ingarchilik ehtimoli yo‘q. Sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esishi kutilmoqda, ayrim joylarda 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 32–37 daraja issiq.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli va yomg‘irsiz bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda shamol esishi kutilmoqda. Kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!