O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan tizimli islohotlar jalb qilinmoqda. Sog‘lom turmush va sportning ommaviylashuvi borasidagi katta harakatlar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari xodimlari orasida joriy yilda «Hamkorlik kubogi» musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tdi va uning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalari xodimlarini sport bilan shug‘ullanishga rag‘batlantirish va sog‘lom turmush tarziga e’tiborni oshirish edi.
Bellashuvlar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimlari o‘rtasida tashkil etildi. Loyiha «Dolzarb 90 kun» doirasida o‘tkazildi va unda futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda kibersport kabi sport turlari bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraganidan so‘ng, ishtirokchilarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rektori Muzaffar Kamilov kirish so‘zi bilan murojaat qildi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, ushbu tadbirda sport sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasining Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, O‘zbekiston sog‘lom turmush tarzi va fitness milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bilan bir qatorda Hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Musobaqalar sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhitida bo‘lib o‘tdi. Futbol bo‘yicha qizg‘in bahslardan so‘ng, 3-o‘rin O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoasiga, 2-o‘rin Toshkent davlat yuridik universitetiga nasib etdi. G‘oliblik esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasiga atalgan.
Voleybol turi bo‘yicha esa g‘oliblikni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi qo‘lga kiritdi. Ushbu musobaqalar katta qiziqish va yuqori kayfiyat bilan o‘tdi.
Oliy ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida «Hamkorlik kubogi» musobaqasi o‘tkazildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar