date

Endi ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi — mahallada

Endi ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi — mahallada
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror bilan «Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar» Konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mahallalarda alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlar hamda manzilli choralar bilan ilmiy-amaliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsiz muhitni yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konsepsiyaga ko‘ra, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi 2025 yil yakunigacha bevosita mahallada tashkil etilib, kundalik ishining boshlanishi va yakuni aynan o‘sha yerda amalga oshiriladi.

Mahallalarda bosqichma-bosqich mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ijtimoiy profilaktika obyektlari, ayniqsa, oila-turmush doirasida huquqbuzarliklar sodir etuvchi shaxslarning (janjalkash va nizoli oilalar) holidan majburiy ravishda kamida har 3 kunda xabar olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida «mahalla yettiligi» tomonidan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boruvchi «mahalla targ‘ibotchisi» jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi.

Mahalladagi jamoat joylari, ko‘p qavatli turarjoy va uylar oldida «Tashvish» tugmalari o‘rnatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi ichki ishlar organi boshlig‘i va prokurorning xizmat xonasi — mahallada