16:16 / 14.12.2016
8 250

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda va mazkur loyiha muhokamaga taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ma’lum qilgan.

«Biz O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik va mazkur loyiha umumxalq muhokamasiga taqdim etiladi», — deya prezident so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dasturdan 5 asosiy yo‘nalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizasiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari o‘rin oladi.

«Biz Vazirlar Mahkamasining ijro tizimiga jiddiy o‘zgarishlar kiritish orqali uni maqbullashtiramiz, jamiyat manfaatlariga javob beradigan tizimga aylantiramiz», — deya ta’kidlagan Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda